JSST 2027 yil Janubiy yarim shar epidemik mavsumi uchun gripp vaksinalari shtamm tarkibini tavsiya etdi

JSST 2027 yilgi epidemik mavsumda Janubiy yarim sharda qoʻllash uchun gripp vaksinalarining shtamm tarkibini tavsiya etdi. Bunday tavsiyalar vaksinalar tarkibini jahon miqyosida standartlashtirish va har yili dolzarblashtirib borishning asosini tashkil etadi.
JSST 2027 yilgi epidemik mavsumda Janubiy yarim sharda qoʻllash uchun gripp vaksinalarining shtamm tarkibini tavsiya etdi. Tuxumda (tovuq embrionlarida) yetishtiriladigan vaksinalar uchun: A/Missouri/11/2025 (H1N1)pdm09, A/Darwin/1454/2025 (H3N2) va B/Tokyo/EIS13-175/2025 (B/Victoria tarmogʻi) shtammlariga oʻxshash viruslar tavsiya etildi. Hujayra kulturasida yetishtiriladigan hamda rekombinant oqsil yoki nuklein kislotalariga asoslangan vaksinalar uchun: A/Missouri/11/2025 (H1N1)pdm09, A/Darwin/1415/2025 (H3N2) va B/Pennsylvania/14/2025 (B/Victoria tarmogʻi) shtammlariga oʻxshash viruslar tavsiya etildi. Bunday tavsiyalar vaksinalar tarkibini jahon miqyosida standartlashtirish va har yili dolzarblashtirib borishning asosini tashkil etadi.
Sharh «Oʻzbekiston farmatsevtik xabarnomasi» jurnalining «Yangiliklar» rukni uchun tayyorlandi.
Manba: www.who.int