JSST sifatni taʼminlashda xavflarni boshqarish boʻyicha yangilangan rahbarnoma loyihasini eʼlon qildi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) sifatni taʼminlashda xavflarni boshqarish boʻyicha yangilangan rahbarnoma loyihasini eʼlon qildi. Hujjatda ICH Q9 (R1) rahbarnomasining qoidalari hisobga olingan.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) ishlab chiqaruvchilarga sifatni taʼminlashda xavflarni boshqarishning samarali tizimini yaratishda, regulyatorlik organlariga esa inspeksiyalarni rejalashtirishda yordam beruvchi yangilangan rahbarnoma loyihasini eʼlon qildi. Hujjatda ICH Q9 (R1) rahbarnomasining qoidalari hisobga olingan. Bu dori vositalari sifatini xavflarga asoslangan yondashuv bilan boshqarishni xalqaro miqyosda uygʻunlashtirish yoʻlidagi navbatdagi qadamdir.
Sharh «Oʻzbekiston farmatsevtik xabarnomasi» jurnalining «Yangiliklar» rukni uchun tayyorlandi.
Manba: www.who.int