Sayt test rejimida ishlamoqda

Davlat farmakopeyasi «Abu Ali ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikadagi innovatsiyalar» IX xalqaro konferensiyasida koʻrgazmali stend bilan namoyon boʻldi

22-may kuni Toshkent farmatsevtika institutida boʻlgan IX xalqaro konferensiyada Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻlimi maxsus koʻrgazmali stend bilan ishtirok etdi.

2026-yilning 22-may sanasida Toshkent farmatsevtika institutida boʻlib oʻtgan “Abu Ali Ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikadagi innovatsiyalar” IX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻlimi xodimlari maxsus koʻrgazmali stend bilan faol ishtirok etdilar. 

Konferensiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasiga oid maʼlumotlar, jumladan, uning mazmun-mohiyati, tuzilishi, ishlab chiqish bosqichlari hamda mamlakat farmatsevtika sohasini rivojlantirishdagi ahamiyatini yorituvchi axborot materiallari va vizual koʻrgazmalar namoyish etildi. 

Koʻrgazmali stend konferensiya ishtirokchilari, mahalliy va xorijiy mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalarda katta qiziqish uygʻotdi. Tadbir davomida boʻlim xodimlari tomonidan Davlat farmakopeyasi, dori vositalari sifatini taʼminlash, farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish masalalari boʻyicha ishtirokchilarga atroflicha tushuntirishlar berildi hamda qiziqtirgan savollarga ilmiy asoslangan javoblar taqdim etildi. Shuningdek, konferensiyani yoritish uchun tashrif buyurgan ommaviy axborot vositalari va markaziy televideniya vakillari tomonidan boʻlim faoliyati, Davlat farmakopeyasiga oid koʻrgazmali materiallar hamda amalga oshirilayotgan ishlar tasvirga olinib, intervyular tashkil etildi.


IX xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada boʻlim mutaxassislari

Abu Ali Ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikadagi innovatsiyalar» IX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etgan Boʻlim mutaxassislari


Mazkur konferensiyadagi ishtirok Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻlimi faoliyatini keng jamoatchilikka tanitish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining ahamiyatini targʻib qilish, sohadagi ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlash hamda milliy farmakopeyaning nufuzini yanada oshirishga xizmat qildi. 

⬇ PNG yuklab olish

‹ Yangiliklarga