Davlat farmakopeyasi boʻyicha mahorat darslari VIII xalqaro anjumanda oʻtkazildi

«Abu Ali ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar» VIII xalqaro anjumani doirasida Davlat farmakopeyasiga bagʻishlangan maxsus mahorat darslari tashkil etildi.
2025-yil davomida “Abu Ali ibn Sino va zamonaviy farmatsevtikada innovatsiyalar” mavzuidagi VIII xalqaro ilmiy - amaliy anjuman doirasida Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishga bagʻishlangan maxsus mahorat darslari tashkil etilib, unda Oliy oʻquv yurtlari talabalari, mahalliy dori vositalarini yaratish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot va muassasalar, shuningdek, dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, ularning sifatini nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar ishtirok etdi.
Taqdimotlar Boʻlim bosh mutaxassislari Akmalxoʻja Zaynidinov tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini rivojlanish istiqbollari: asosiy yoʻnalishlar, yangilanishlar va qayta nashr etish” mavzusida, Azamat Mansurov tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini amaliyotga joriy etishning dolzarb jihatlari” mavzularida mahorat darslari olib borilib, ishtirokchilar bilan erkin muloqot tarzida fikr almashildi.
Davlat farmakopeyasini nashr etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar va tegishli tadbirlarni keng mutaxassislar jamoasi eʼtiboriga yetkazish hamda Davlat farmakopeyasini amaliyotga joriy etilishini jadallashtirish maqsadida “Oʻzbekiston farmatsevtik xabarnomasi” jurnali kotibiyatiga Davlat farmakopeyasi Tahririyat Kengashi va xalqaro miqyosida olib borilayotgan faoliyatiga oid 10 dan ortiq maqolalar va boshqa materiallar taqdim etildi.
Davlat farmakopeyasini nashr etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar va tegishli tadbirlarni keng mutaxassislar jamoasi eʼtiboriga yetkazish hamda Davlat farmakopeyasini amaliyotga joriy etilishini jadallashtirish maqsadida Markaz rahbariyati tomonidan Media-reja loyihasi tasdiqlandi.