ICMRA dori vositalari hayot sikli davomida hayvonlardan foydalanishni qisqartirishga chaqirdi
Dori vositalari muomalasi sohasidagi regulyatorlik organlarining xalqaro koalitsiyasi (ICMRA) dori preparatlarining butun hayot sikli davomida hayvonlardan foydalanishni qisqartirishga chaqiruvchi qoʻshma bayonot eʼlon qildi.
Dori vositalari muomalasi sohasidagi regulyatorlik organlarining xalqaro koalitsiyasi (ICMRA) ishlab chiqaruvchilar va milliy nazorat laboratoriyalarini dori preparatlarining butun hayot sikli davomida hayvonlardan foydalanishni qisqartirishga chaqiruvchi qoʻshma bayonot eʼlon qildi. Uzoq muddatli maqsad — umumiy toksiklik, reproduktiv toksiklik va kanserogenlik tadqiqotlarida hamda farmakodinamik va farmakokinetik tadqiqotlarda hayvonlardan foydalanishdan toʻliq voz kechish. Bayonot EMA, MHRA, Swissmedic va Irlandiyaning tibbiy mahsulotlarni tartibga solish agentligi vakillari tomonidan tayyorlangan. Shu bilan birga ICMRA alternativ usullarga oʻtish ilmiy asoslangan va qatʼiy regulyatorlik talablariga muvofiq boʻlishi kerakligini taʼkidlaydi. Bunday usullarni ragʻbatlantirish maqsadida koalitsiya ularni validatsiya qilish boʻyicha ilmiy maslahatlashuvlarni tezlashtirish va ular uchun toʻlovni bekor qilishni taklif etdi.
Sharh «Oʻzbekiston farmatsevtik xabarnomasi» jurnalining «Yangiliklar» rukni uchun tayyorlandi.
Manba: icmra.info