YEAES bozorida dori vositalari muomalasini tartibga solishdagi asosiy yangiliklar

Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEOK) texnik tartibga solish va akkreditatsiya departamenti direktori oʻrinbosari XI Butunrossiya GMP-konferensiyasida YEAES bozorida dori vositalari muomalasini tartibga solishdagi asosiy yangiliklarni taqdim etdi.
Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YEOK) texnik tartibga solish va akkreditatsiya departamenti direktori oʻrinbosari XI Butunrossiya GMP-konferensiyasida YEAES bozorida dori vositalari muomalasini tartibga solishdagi asosiy yangiliklarni taqdim etdi, jumladan:
- GMP qoidalarining 1-ilovasi (steril preparatlar) yangilanishi;
- GMP qoidalarining 4-qismi joriy etilishi — unda yuqori texnologik dori preparatlarini ishlab chiqarishga qoʻyiladigan maxsus talablar ilk bor mustahkamlandi;
- harorat kartografiyasi va mikrobiologik monitoring boʻyicha rahbarnomalarning qabul qilinishi.
Alohida eʼtibor 2026 yil 9 iyuldagi YEEK Kengashining № 87-sonli qaroriga qaratildi, u YEAES davlatlarining vakolatli organlarini JSSTning Tegishli regulyatorlik amaliyoti (GRP) qoidalarini qoʻllashga majbur qiladi. Ishlab chiqaruvchiga qaratilgan GMP va boshqa amaliyotlardan farqli oʻlaroq, GRP qoidalari regulyatorga qaratilgan boʻlib, tizim qanday tuzilganligi, qarorlar qanday tayyorlanishi va ularning taʼsiri qanday baholanishiga taalluqlidir.
Sharh «Oʻzbekiston farmatsevtik xabarnomasi» jurnalining «Yangiliklar» rukni uchun tayyorlandi.
Manba: eec.eaeunion.org