Sayt test rejimida ishlamoqda

Tahririyat Kengashi navbatdagi yigʻilishida 2-nashrning ikkinchi jildi muhokama qilindi

2026-yil 30-aprel kuni professor X.K. Djalilov raisligida oʻtgan gibrid yigʻilishda ikkinchi nashr ikkinchi jildiga rejalashtirilgan 1325 ta xususiy monografiya muhokama qilindi.

2026 yilning 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi Tahririyat Kengashining navbatdagi yigʻilishi gidrib shaklida boʻlib oʻtdi. Yigʻilishga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi Tahririyat kengashi raisi, professor X.K.Djalilov raislik qildi.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi Tahririyat Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi va uning ilovalarini nashrga tayyorlash, qayta nashr etish, qayta koʻrib chiqish, ularga toʻgʻrilashlar va oʻzgartirishlar kiritish, yangi matnlarga almashtirish, xalqaro eʼtirof etilgan farmakopeyalarning matnlari bilan uygʻunlashtirish va boshqa shu kabi faoliyat turlarini amalga oshiradi.

Tahririyat Kengashi raisi tomonidan yigʻilish qatnashchilariga kun tartibi oʻqib eshittirildi. Kun tartibining birinchi masalasi boʻyicha Tahririyat Hayʼati ilmiy kotibi A.O Zaynidinov: Sogʻliqni saqlash vazirining «Umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va ularni Davlat farmakopeyasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 14-son hamda «Dori vositalarini standartlashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasida keltirilmagan holatlarda dunyoning yetakchi farmakopeyalari sinov usullarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 15-son buyruqlari toʻgʻrisida taqdimot orqali axborot berib oʻtdi.

Kun tartibining keyingi masalasi boʻyicha Tahririyat Kengashi ilmiy kotibi A.X. Mansurov – Sogʻliqni saqlash vazirining 2025 yil 29-dekabrdagi “Davlat farmakopeyasining 2-nashri 1-jildini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi 404-son buyrugʻi hamda Buyruq ijrosini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi.

X.K. Djalilov tomonidan Davlat farmakopeyasi 2-nashri 2-jildi tuzilishi, kiritilishi rejalashtirilgan farmakopeya monografiyalari toʻgʻrisida taqdimot qilib, umumiy maʼlumotlar berib oʻtdi. Mazkur yigʻilishda Davlat farmakopeyasi 2-nashri 2-jildiga kiritilishi rejalashtirilgan 1325 ta xususiy farmakopeya monografiyalari Oʻzbekiston Respublikasida Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruhsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Davlat reestri tahlili asosida shakllantiridi. 1325 ta xususiy farmakopeya monografiyalarining 764 tasi Davlat farmakopeyasi 1-nashri 2-jildida mavjud ekanligi taʼkidlab oʻtildi. Shuningdek turli masalalar boʻyicha Ekspert komissiyalarida mavjud muammolar, yangiliklar va olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida Ekspert komissiya raislari axborot berib oʻtdilar.

Yakunda Davlat farmakopeyasining ikkinchi nashri ikkinchi jildini ishlab chiqish ishlarini yanada jadallashtirishga kelishib olindi.

Eslatib oʻtamiz, Tahririyat Kengashi Davlat farmakopeyasi va uning ilovalarini nashrga tayyorlash, qayta nashr etish va qayta koʻrib chiqish, ularga toʻgʻrilash va oʻzgartirishlar kiritish, yangi matnlarga almashtirish hamda xalqaro eʼtirof etilgan farmakopeyalar matnlari bilan uygʻunlashtirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.


1-rasm⬇ PNG yuklab olish
2-rasmDavlat farmakopeyasi 2-nashri 2-jildiga kiritilishi rejalashtirilgan farmakopeya maqolalari statistikasi⬇ PNG yuklab olish


‹ Yangiliklarga