Sayt test rejimida ishlamoqda

«Pharmeuropa» 38.4 sonida Yevropa farmakopeyasining 35 ta yangi va qayta koʻrib chiqilgan matn loyihalari eʼlon qilindi (EDQM)

«Pharmeuropa» 38.4 sonida Yevropa farmakopeyasining 35 ta yangi va qayta koʻrib chiqilgan matn loyihasi eʼlon qilindi. Loyihalarga izohlar 2026 yil 30 dekabrgacha qabul qilinadi.

Ushbu sharh dunyoning yetakchi farmakopeya organlari, shuningdek dori vositalarini standartlashtirish yoʻnalishida faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlar tomonidan joriy yilning sentyabr–oktyabr oylari davomida amalga oshirilgan dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha qisqacha axborotni jamlaydi.

«Pharmeuropa» 38.4 sonida Yevropa farmakopeyasining (YeF) 35 ta yangi va qayta koʻrib chiqilgan matn loyihasi eʼlon qilindi. Umumiy boblar qatorida «Suv: mikroaniqlash» (2.5.32), «Virusli vaksinalardagi begona agentlarga tekshiruv» (2.6.16), «Dori-shifobaxsh oʻsimlik xom ashyosida aflatoksin B1ni aniqlash» (2.8.18), «Plastirlarning adgeziv xususiyatlari» (2.9.58), «Konsistensiyani penetrometriya usulida oʻlchash» (2.9.9) va «Tibbiyotda qoʻllaniladigan vaksinalar ishlab chiqarish uchun hujayra substratlari» (5.2.3) kiritilgan. Shuningdek seritinib, dabrafenib mezilati, estradiol gemigidrati, temir-saxaroza kompleksi, mitoksantron gidroxloridi, triptorelin hamda plastir va transdermal plastirlar kabi bir qator umumiy va xususiy monografiyalar loyihalari taqdim etildi. Loyihalarga izohlar 2026 yil 30 dekabrgacha qabul qilinadi.

Sharh «Oʻzbekiston farmatsevtik xabarnomasi» jurnalining «Yangiliklar» rukni uchun tayyorlandi.

Manba: www.edqm.eu

‹ Yangiliklarga