Davlat farmakopeyasi ikkinchi nashrining birinchi jildi tasdiqlandi

Sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 29-dekabrdagi 404-son buyrugʻi bilan Davlat farmakopeyasi ikkinchi nashrining birinchi jildi tasdiqlandi; verstka yakunlanib, bosma va elektron loyiha tayyorlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi ikkinchi nashri birinchi jildini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 404-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash yoʻnalishida:
I.1. Davlat farmakopeyasining 2-nashri 1-jildini sahifalash (verstka) ishlari amalga oshirildi hamda elektron shakldagi loyihasi tayyorlandi.
Bunda, Davlat farmakopeyasining 2-nashri 1-jildiga kiritilishi rejalashtirilgan Yevropa farmakopeyasining 334 ta monografiyasi, Davlat farmakopeyasining
1-nashri ilovasiga kiritilgan 51 ta monografiya hamda Amerika Qoʻshma Shtatlari Farmakopeyasi (USP)ning 9-12-nashrlari oraligʻidagi 22 ta monografiyasiga kiritilgan oʻzgartirish, toʻldirish va chiqarib tashlangan matnlar boʻyicha tarjima va tahrir ishlari yakunlandi.
I.2. Davlat farmakopeyasining 2-nashri 1-jildini bosma (kitob) hamda elektron shaklda nashr etish uchun texnik topshiriq loyihasi ishlab chiqildi.
I.3. Davlat farmakopeyasining 2-nashri 1-jildi kitob va elektron nusxalarini xalqaro tashkilotlar, ish faoliyatida foydalanuvchi vazirlik va idoralar, Davlat farmakopeyasi Tahririyat Hayʼati va Tahririyat Kengashi aʼzolariga bepul ravishda, shuningdek Markazning tarkibiy boʻlinmalariga hisobga olish tartibida ajratilishi boʻyicha buyruq loyihasini ishlab chiqildi.
I.4. Davlat farmakopeyasining 2-nashri 1-jildini amaliyotga joriy etish boʻyicha mahalliy dori vositalarini yaratish borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot va muassasalar, dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchi hamda ular sifatini nazorat qiluvchi tashkilot va muassasalarning mutasaddi xodimlari uchun 2026-yilning 12-fevral kuni “Davlat farmakopeyasining 2-nashri: xalqaro va zamonaviy talablar uygʻunligining yangi bosqichi” mavzusida vebinar shaklida maxsus seminar darslar tashkil etildi.
⬇ PNG yuklab olish“Davlat farmakopeyasining 2-nashri: xalqaro va zamonaviy talablar uygʻunligining yangi bosqichi” mavzusidagi vebinardan fotolavha
I.5. Davlat farmakopeyasi matnlariga tegishli toʻldirishlar, oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritib borish hamda dolzarbligi yoʻqolib borayotgan maqolalarni chiqarib tashlash boʻyicha takliflar kiritish boʻyicha Davlat farmakopeyasi Tahririyat Kengashining 2025-yil 11-dekabrdagi 12-sonli yigʻilishi qaroriga muvofiq “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi direktorining 2026-yil 27-yanvardagi “Alohida farmakopeya maqolalarini amal qilishini tugatish yoki muddatini cheklash toʻgʻrisida”gi 36-son buyrugʻi imzolandi va unga binoan:
quyidagi farmakopeya maqolalarini zamonaviy talablar asosida, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha oʻxshash, muqobil farmakopeya maqolalari bilan umumlashtirilib, takomillashtirilganligini eʼtiborga olgan holda, ularni amal qilishi tugatilganligi belgilandi:
2.2.60. Suyuqlanish harorati – instrumental aniqlash usuli;
2.6.19. Poliomiyelit profilaktikasi uchun (peroral) vaksinaning neyrovirulentlik sinovi.
Shuningdek, Farmatsevtika korxonalari faoliyatida qulayliklar yaratish maqsadida, ular uchun 5 yilgacha oʻtish davrini belgilagan holda Yevropa farmakopeyasidan 2026-yilning 1-yanvardan boshlab chiqarib yuborilgan quyidagi farmakopeya maqolalarini Davlat farmakopeyasining ikkinchi nashriga kiritilishi belgilandi:
2.6.9 Anomal zaharlilik;
5.14 Tibbiyot amaliyotida gen terapiyasi uchun qoʻllaniladigan dori vositalari;
2.6.8 Pirogenlar;
2.6.10 Gistamin;
2.6.11 Depressor moddalar.
I.6. Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish, nashrga (qayta nashrga) tayyorlash, unga alohida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish ishlarini davom ettirgan holda Davlat farmakopeyasining ikkinchi nashri ikkinchi jildini ishlab chiqish ishlari davom ettirilmoqda.
Bunda, «Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri»ga kiritilgan dori vositalari respublika ehtiyojidan kelib chiqqan holda tahlil qilinib, ikkinchi nashr ikkinchi jildga kiritilishi rejalashtirilgan farmakopeya maqolalari Yevropa va AQSH farmakopeyalari bilan oʻzaro solishtirish asosida tanlab olish ishlari davom ettirilmoqda.
II. Sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 12-dekabrdagi “Umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va ularni Davlat farmakopeyasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 14-son hamda “Dori vositalarini standartlashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasida keltirilmagan holatlarda dunyoning yetakchi farmakopeyalari sinov usullarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 15-son buyruqlari ijrosini taʼminlash yoʻnalishida:
II.1. Davlat farmakopeyasi kotibiyati, ixtisoslashtirilgan ekspert komissiyalari va ularning ishchi guruhlari, tahririyat kengashi va tahririyat hayʼati tomonidan umumiy farmakopeya maqolalari, farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasiga kiritish jarayonlarini tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq amalga oshirishni taʼminlash, shuningdek Buyruq mazmun va mohiyatini yetkazish maqsadida 2026-yil 12-fevral hamda 11-mart kunlari “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida vebinar tashkil etildi. Unda jami 300 dan ortiq mutaxassislar onlayn va offlayn tarzda ishtirok etishdi.
II.2. Nizomning talablaridan kelib chiqib Markazning Sifat menejmenti tizimi boʻyicha tasdiqlangan Standart operatsion protseduralariga (SOP) tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi va Markaz direktori tomonidan tasdiqlandi.
III. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan Yevropa dori vositalari va sogʻliqni saqlash sifati direktorati (EDQM) oʻrtasida 2019-yil 20-martda tuzilgan kelishuv ijrosini amalga oshira borib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini 2-nashri 2-jildini Yevropa farmakopeyasi 12 nashrlari bilan uygʻunlashtirish ishlarini davom ettirib borish yoʻnalishida:
III.1. Yevropa farmakopeyasi 12-nashrini OʻzR DF 2-nashri 2-jildi bilan taqqosiy tahlil qilib chiqish ishlari olib borildi.
⬇ PNG yuklab olishOʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini amaliyotga tadbiq qilishga bagʻishlangan vebinardan fotolavha
III.2. Yevropa farmakopeyasiga kiritilgan toʻldirish va oʻzgartirishlarni OʻzR DF ga kiritish uchun ajratib olingan farmakopeya maqolalarni oʻzbek va rus tillariga tarjima qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan AQSH Farmakopeya Konvensiyasi (USP) oʻrtasida 2023-yilning 12 may kuni imzolangan “Qoʻshma Shtatlar Farmakopeyasi – Milliy formulyarni qabul qilish huquqlarini taqdim etish” toʻgʻrisidagi shartnoma va 2023-yilning 08-sentyabr kuni imzolangan anglashuv memorandumi ijrosini amalga oshira borib, OʻzR DF 2-nashri farmakopeya maqolalarini USP 2025 nashri bilan uygʻunlashtirish yoʻnalishida:
IV.1. USP 2025 nashrini OʻzR DF 2-nashri 2-jildi bilan taqqosiy tahlil qilib chiqildi.
IV.2. USP 2025 nashrida mavjud boʻlgan OʻzR DF-ga kiritish uchun ajratib olingan farmakopeya maqolalarni oʻzbek va rus tillariga tarjima qilish ishlari amalga oshirilmoqda.